Academic English for IELTS preparation

99 000 so'm/oy
Academic English for IELTS preparation

Ma‘lumot

Academic English for IELTS preparation - bu IELTS imtihoniga tayyorlanish uchun ingliz tili minimal vaqt ichida maksimal darajada noldan boshlab o’rgatiladigan akademik ingliz tili kursi hisoblanadi.

Mazkur kursda  …dan ortiq grammatik darslar audio va videodarslar ko'rinishida, bir qancha "Unit"larga bo’linib qiziqarli, shuningdek tushunishga oson ko'rinishda o’rgatiladi. 

"Academic English for IELTS preparation" kursi bir qancha "Section - Bo'lim"larga ajratilgan.

Ushbu bo'limlar:

"Grammar rules" bo'limi

Foydalanuvchi platformaga kirgani zahoti, har bir "Unit"da "Grammar rules – Grammatik qoidalar" o'rganishni boshlashi mumkin, grammatik darslar tushunishga va eslab qolishga oson qilib tuzilgan, shuningdek mavzular qiziqarli usullar bilan tushuntirilgan. 

"Grammar exercises" bo'limi

"Grammar rules" bo'limini o'rganganidan keyin qoidalarni mustahkamlash uchun foydalanuvchiga "Exercises – Mashqlar" beriladi. Bo'limdagi "Multiple choices", "Fill in the gaps", "Drop down selections", "Match questions with answers" mashqlari har bir o’rganilgan grammatik qoidalarni yanada mustahkamlab, yoddan chiqmaydigan darajada yaxshi o’rganish imkonini beradi. Foydalanuvchi mashqlar bajarish davomida biror savolni tushunmagan yoki xato ishlagan bo’lsa, "Qoidani qayta tushuntirish - Explanation" imkoniyati beriladi. 

Reading

"Reading" bo'limida har bir "Unit"dagi grammatik qoidalardan foydalangan holda matnlar berilgan bo’ladi. Matnlarni o’qish va tushunish, shuningdek berilgan "Reading exercises" – ya'ni matnlar bo’yicha tuzilgan "Multiple choice", "True false", "Match questions with answers" mashqlarini bajarish orqali foydalanuvchida tarjima qilish, fikrlash, yangi so’zlarni eslab qolish qobiliyati rivojlanadi.

Listening

Ushbu bo’limda turli "Native – chet ellik insonlarning dialoglari", audio matnlari va audio shaklidagi mashqlar mavjud. "Listening" bo'limida ham har bir berilgan mavzu bo’yicha mashqlar tuzib chiqilgan. Bo'limda, shuningdek "Pronounsation – Talaffuz"ni, ya'ni spikerlar tomonidan aytilgan dialoglar bilan kundalik ishlatiladigan so’zlashuvni, shuningdek dialog va matnlarda berilgan so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishni o'rganish imkoniyati yaratiladi.

Writing

"Writing" bo’limida ingliz tilida yozishni sodda va mukammal tushuntirilgan darslar, shuningdek grammatik mashqlar orqali o'rganish imkoni mavjud. Bo'limda yozish uchun berilgan "Tips – Kalit so’zlar" ham yozishni o’rganishda katta yordam beradi. 

Speaking

"Speaking" bo’limida ham yuqoridagi bo'limlardagi kabi mashqlar beriladi. Foydalanuvchi mazkur mashqlarda so'zlarni eshitib takrorlaydi, eng asosiysi matnni ovoz chiqarib o’qib qanchalik to'g'ri talaffuz qilayotganligi sun’iy intellekt yordamida tekshiriladi. Agar talaffuzda xatolar bo’lsa, foydalanuvchiga o'z ustida ishlash uchun imkon beriladi.

Vocabulary

Barcha bo'limlar tugaganidan so'ng, ulardagi mavzularda ishlatilgan so’zlar har biriga tushuntirishlar bilan "Vocabulary" bo'limida qaytadan beriladi, undan tashqari, bu bo'limda gap tuzganda mazkur so’zlardan foydalana olish ko'nikmasini rivojlantirish uchun misol tariqasida gaplar beriladi va foydalanuvchi ularning har birini audio formatda eshitib, qanday talaffuz qilinishini o’rganish imkoniga ega bo'ladi. 

Ushbu kursdagi ma’lumotlarning barchasi bir-biriga mos keladi va foydalanuvchi kurs davomida "IELTS" yo'nalishida to'liq bilimlarga va katta tajribaga ega bo’ladi.

O‘xshash kurslar

Intensive course
Intensive courseNewYangi

Ushbu kurs qisqa vaqt ichida ingliz tilini o'rganishni istovchilar uchun mo'ljallangan. Mazkur kurs yordamida o'qish, ting ...

Batafsil