Intensive course

99 000 so'm/oyNewYangi
Intensive course

Ma‘lumot

Intensive course – tezkor, minimum vaqt ichida ingliz tilini maksimum o’rgatishga asoslangan kurs hisoblanadi.

"Intensive course" 150ga yaqin grammatik darslar, audio, video darslar yordamida, bir qancha "Unit"larga bo’linib, qiziqarli va tushunish uchun oson holda o’rgatilgan. "Intensive course"da asosan "Speaking section"ga ko’proq e’tibor berilgan. Shu sababli ham, "Intensive course" bilan ingliz tilida "Speaking - Gaplashish" ko’nikmasi mukammallashadi.

Kurs - "Grammar", "Reading", "Listening", "Speaking", "Writing" va "Vocabulary" bo'limlarini o’z ichiga oladi. Kursning tarkibiy qismlari bilan yaqindan tanishamiz!

Grammar rules
"Grammar" bo’limida video va audio darslar orqali asosiy grammatik qoidalar o’rgatilib boriladi. 

Grammar exercises
"Grammar" bo'limidan so'ng o'rganilgan qoidalarni mustahkamlash uchun "Exercises – Mashqlar" beriladi. Bu yerda turli xil mashqlar, masalan, "Multiple choices", "Fill in the gaps", "Drop down selections", "Match questions with answers" kabi topshiriqlarni bajarish orqali grammatika bo’yicha bilimlar mustahkamlanadi. 

Reading
"Reading" bo'limida ham har bir "Unit"dagi grammatik qoidalardan foydalangan holda matlarni o’qib, tushunish zarur. Shuningdek, ketma-ket berilgan "Reading exercises – Matnlar bo’yicha tuzilgan mashqlar"ni bajarish kerak bo'ladi.

Listening 
Ingliz tilini eshitib tushunish uchun muhim bo’limlardan biri - "Listening" bo'limi hisoblanadi. Bu bo’limda foydalanuvchilar "Pronounsation – Talaffuz"ni, "Native - Spikerlar tomonidan aytilgan dialoglar" bilan kundalik ishlata oladigan so’zlashuvni, dialog va matnlarda berilgan so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishni o'rganadilar.

Writing
Bu bo’lim ingliz tilidagi asosiy bo’limlardan biri. "Writing" bo’limi bilan ingliz tilida yozishni sodda va mukammal tushuntirilgan darslar orqali o'rganish mumkin. Shuningdek, "Grammar rule – Unit" bo'yicha tuzilgan grammatik mashqlarni bajarib, ushbu bo'limda olingan bilimlarni yanada mustahkamlash mumkin. Shu bilan birgalikda, mantiqiy mashqlar bilan fikrlash doirasini ham kengaytirish imkoni mavjud.

Speaking
"Intensive course"da "Speaking" bo’limiga asosiy e’tibor qaratilgan, bu esa foydalanuvchilarga mavzularni yaxshi o’zlashtirib, kundalik amaliyotda qo'llab, tilni tez fursatda intensiv o’rganishlariga yordam beradi. Bu bo'limda foydalanuvchilar "Native - Spikerlar"ning "Sample answers – Namuna javoblari"dan foydalanib berilgan savollarga javob berishlari mumkin. 

Vocabulary
Foydalanuvchilar har bir "Unit"dagi bo'limlarni tugatganlaridan so'ng, "Reading", "Listening", "Writing" va "Speaking" bo'limlarida ishlatilgan yangi so’zlarga berilgan "Explanation – Tushunchalar" bilan tanishishlari mumkin. Undan tashqari, bu bo'limda ushbu yangi so'zlar orqali gap tuzishni o'rganish uchun misol tariqasida audiofayllar taqdim etiladi. Foydalanuvchilar ushbu audiolarni eshitib, ushbu gaplar qanday talaffuz qilinishini o’rganib olishlari mumkin bo'ladi. 

 "Intensive course" bilan ingliz tilini tez va oson o’rganing!

O‘xshash kurslar

Academic English for IELTS preparation
Academic English for IELTS preparation

Ushbu kurs IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko'rish uchun ingliz tilini o'rganishni istovchilarga mo'ljallangan chuqurlasht...

Batafsil